Anchelotti Neymar borasida qaror qabul qildi
Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti Neymarni Mart oyidagi yig‘inga chaqirmaydi.
"Santos" yetakchisi Neymar Braziliya terma jamoasining Mart oyidagi yig‘iniga chaqirilmaydi. Terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ushbu qarori Neymarning yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga borish imkoniyatini keskin pasaytiradi. Keyinga safar terma jamoa aynan mundial oldidan yig‘iladi. Avvalroq, 34 yoshli futbolchi matbuotga Jahon chempionatida ishtirok etishni istayotgani haqida gapirgan edi. Bu Neymar uchun faoliyatidagi so‘nggi mundial hisoblanadi. Mart oyida "penta campeon"lar Frantsiya va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsumda bor-yo‘g‘i 2ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga bitta assistni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar