Anchelotti: «Real» dunyodagi eng kuchli yarim himoyachisini yo‘qotdi»

  • 03.10.2026 14:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelottining oʻgʻli Davide Anchelotti jamoaning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos haqida fikr bildirdi.

«Sen yoʻqotgan narsangni hech qachon qaytara olmaysan. «Real» nima yoʻqotdi? Oʻz pozitsiyasida dunyodagi eng kuchli futbolchini. Endi: «Menga yangi Kroos kerak», deb boʻlmaydi, chunki bunday oʻyinchi boshqa yoʻq», — dedi Anchelotti DiarioAS nashriga bergan intervyusida.

Toni Kroos 2014 yildan 2024 yilgacha «Real» sharafini himoya qildi. 34 yoshida professional karerasini yakunladi.

Madridliklar tarkibida nemis yarim himoyachi toʻrt marta Ispaniya chempioni boʻldi, besh marta Chempionlar Ligasida gʻolib chiqdi, shuningdek, Ispaniya kubogi, toʻrtta Ispaniya Superkubogi, beshta Jahon klublar chempionati sovrini va uchta UEFA Superkubogini qoʻlga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!