Anchelotti "Real" muxlislariga xushxabar aytdi

  • 11.10.2022 15:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon Tibo Kurtua La Liganing navbatdagi turi doirasidagi “Barselona”ga qarshi o‘ynay oladimi yoki yo‘qligini haqida gapirdi.

"Kurtua o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda va yakshanba kuni "Barselona"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun payshanba kuni umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Oktyabr oyi boshida 30 yoshli belgiyalik futbolchiga siyatik tashxisi qo‘yilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "el-klasiko" 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!