
Anchelotti "Real"da qoladami? Uning o‘zi javob berdi
Karlo Anchelotti kelasi mavsumda "Real" bosh murabbiyi bo‘lishini ma’lum qildi.
Italiyalik mutaxassisning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Avvalroq, Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi haqida xabarlar chiqqandi.
- Klub tomonidan qo‘llab-quvvatlovni his qilyapsizmi?
- Aytadigan gapim yo‘q. Klub doim meni hurmat qilishini ko‘rsatib kelgan. "Real"da o‘zimni juda qulay his qilyapman.
- Nima deb o‘ylaysiz, Florentina Peres qolishingizni xohlaydimi?
- O‘ylashimcha, ha. Sababi, u doim meni qo‘llab-quvvatlagan va shunday qilishda davom etmoqda. Ishonchim komilki, kelasi mavsum ham shu erda bo‘laman. Shartnomani hurmat qilaman.
Fikrlar