
Anchelotti Ronalduning "Al-Nassr"ga o‘tgani haqida gapirdi
Kecha Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida Ispaniya superkubogi finaliga chiqqan "Real" Madrid mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurdi. U erda portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Anchelotti va klub o‘yinchilari bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng italiyalik mutaxassis Ronalduning "Al-Nassr"ga o‘tgani borasida fikr bildirdi.
"Ronaldu o‘zi uchun motivatsiya bera oladi. U hamma erda birdek harakat qiladi. O‘ylashimcha, u to‘g‘ri qaror qildi", - dedi Anchelotti.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya superkubogi finalida "Real" Madrid "Barselona"ga qarshi bahs olib boradi. Madridliklar rahbariyati ushbu o‘yinni tomosha qilishga Ronalduni taklif qilishgan.
Fikrlar