
Anchelotti sharmandali mag‘lubiyat aybdorlari kimligini aytdi
Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” musobaqaning yangi mavsumida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Milan”dan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yindan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mag‘lubiyat uchun hamma birdek aybni o‘ziga olishi kerakligini uqtirdi.
- Mening ishim shubha ostidami? Yo‘q, hammasi odatdagidek. Jamoamiz hali optimal sport formasiga erishgani yo‘q.
Mag‘lubiyat uchun hammamiz aybdormiz. Bu natija uchun hammamiz birdek javobgarlikni bo‘ynimizga olishimiz juda muhim. Chunki g‘alaba qozongan paytlarimiz uni birgalikda nishonlaymiz.
Hozir mashaqqat chekish va kurashish payti keldi. Bunaqa vaziyatlarda juda ko‘p kuch sarflashga to‘g‘ri keladi, - dedi Karlo Anchelotti.
Fikrlar