
Anchelotti Vinisiusning "qiliqlari" haqida gapirdi
Karlo Anchelotti Vinisius Juniorning xatti-harakati haqida gapirdi.
"Agar Puyol Vinisius bilan gaplashmoqchi bo‘lsa, gaplashsin. U jamoaga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.
U muayyan vaziyatlarga munosabatini yaxshilashi kerak, ammo Vinisius bu borada sezilarli yutuqlarga erishdi va yaxshilanishda davom etmoqda. Biz undan maydonda qilayotgan ishlari uchun mamnun bo‘lishimiz kerak.
Oxirgi bir necha o‘yinlarda u bir necha bor o‘zini yo‘qotdi. Biroq so‘nggi yillarda harakterini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi", - dedi "Real" ustozi.
Fikrlar