
Anchelottining "Real"da qolishi uchun faqat bitta yo‘l bor
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi mavsumda jamoa boshqaruvida qolishi sharti ma’lum bo‘ldi. "Sky Sports" nashrining ma’lum qilishicha, agar "qirollik klubi" joriy mavsumda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa, italiyalik mutaxassis o‘z ishini davom ettiradi.
Anchelotti va "qaymoqranglilar" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. So‘nggi paytlarda 63 yoshli mutaxassis Braziliya terma jamoasi murabbiylik posti lavozimiga faol taklif qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining chorak final dastlabki bahsida "Real" o‘z uyida "Chelsi"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Fikrlar