"Andijan Football Awards-2022" taqdirlash marosimida kimlar e’tirof etildi?

  • 21 dekabr, 2022, 15:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andijon futbol assotsiatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan “Andijan football Awards-2022” taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Birinchi vitse-prezident Bekzod Karimov boshchiligidagi AFA ilk bor yil taqdirlash marosimini tashkil qildi va tadbir yuqori darajada o‘tkazildi.

afa6

“Digital City” binosida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida viloyat futboli faollari, futbol klublar, akademiya hamda futbol maktabi rahbariyati, futbol jamoatchiligi va OAV vakillari ishtirok etdilar.

“Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzaev boshchiligidagi rahbariyat ham mazkur marosimda qatnashishdi.

afa4

Tadbirda barcha nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilar aniqlanib, ularga maxsus statuetkalar topshirildi. Shuningdek, viloyat futbolida namuna bo‘lganlar va OAV vakillari ham taqdirlandilar.

Pro ligada eng yaxshi o‘yinchi nominatsiyasida nomi e’tirof etilgan “Andijon” sardori Ildar Mamatkazin Andijonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning nomidan sovrinni jiyani Artur Mamatkazin qabul qilib oldi.

afa3

Qolaversa, eng yaxshi murabbiy nominatsiyasida “Andijon” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Lutfullo Majidov g‘olib bo‘ldi. Uning boshchiligidagi yoshlar O‘zbekiston U-19 birinchiligida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ushbu natija munosib e’tirof etildi. Barcha nominatsiyada g‘olib bo‘lganlar bilan tanishing:

afa1

Fidoyilik ramzi – Nasibillo Madrahimov

Fair-play – Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar futbol maktabi

Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi – Bahodir Abdullaev

Yilning eng yaxshi sport maktabi – Xo‘jaobod sport maktabi

Yilning eng yaxshi ayollar futbolchisi – Gulshoda Sobirova

Yilning eng yaxshi muxlisi – Jo‘rabek Sherboev

Yilning eng yaxshi yosh yulduzi – Oyatillo Qaytmasov

Yilning eng yaxshi sport maktablari murabbiyi – Shuhrat Mamatov

Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi – Yodgor Xurxonov

Yilning eng yaxshi erkak hakami – Akmal Rahimov

Yilning eng yaxshi ayol hakami – Nasibabonu Toshmuhammedova

Yilning eng yaxshi qanot hakami – Ziyodillo Abdurahmonov

Yilning eng yaxshi 2-liga futbolchisi – Jamoliddin Sirojiddinov

Yilning eng yaxshi murabbiyi – Lutfullo Majidov

Yilning eng yaxshi futbolchisi – Ildar Mamatkazin

afa

Shu bilan birga ayrim OAV xodimlari qatorida Sports.uz sayti ham Andijon futbol assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlandi. AFA birinchi vitse-prezidenti Bekzod Karimov maxsus statuetkani sayt jurnalistiga topshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!