"Andijon" - "Turon" uchrashuvida ishlagan Najafaliev xato qarorlari sabab jarima va 4 ta o‘yinga chetlatildi!

  • 29 may, 2023, 17:21
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” hamda “Turon” jamoalari o‘rtasidagi bahsda (2:1) hakamlik bilan bog‘liq bahsli vaziyat bo‘yicha “Turon” klubidan shikoyat xati kelib tushdi va bu bo‘yicha intizomiy chora qo‘llandi.

Tecno

Uchrashuvning 17-daqiqasida bosh hakam Asker Najafaliev andijonliklar a’zosi Abdurahmon Komilov fol amalga oshirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Shuningdek, 34-daqiqada “Turon” futbolchisi Bilolxon Toshmirzaev raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgan va referi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan uni maydondan chetlatgan.

Ushbu vaziyatlar ekspert hakamlar komissiyasida batafsil ko‘rib chiqildi va ikkala holatda ham xato qaror chiqarilgan, degan xulosaga kelindi. Birinchi vaziyatda bosh hakam uzoq vaqt VAR yordamidan foydalanganiga qaramay, qizil kartochka emas, sariq kartochka bilan kifoyalandi.

Ikkinchi vaziyatda esa kutilmaganda qizil kartochka ko‘rsatildi va tabiiyki, bu ham noto‘g‘ri qaror ekanligi aytildi. Natijada, Najafalievga o‘yin uchun belgilangan maoshning 50 foizi miqdorida jarima, Superliganing 4 ta bahsidan chetlatish hamda quyi ligaga tushish jazosi qo‘llanildi.

 

Manba: O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaxrambek
29/05/2023 20:32
Ўзбекистонни Хакамларни таг туби билан йуқотиш керак умуман савияси йуқ нахуе керак бундай тормаз хакамлар ўзбек футболини улдирияпдику бу ифлослар
&
Махмуд1966
29/05/2023 18:06
Бу ифлосларни деб турон бн нефтчи куп жабр курди. Бу маразларни четлатлатиш бир неча уйинга эмас, балки бутун мавсумга тегишли булиши керак! Шундагина буларни ёг босган кузлари бироз очилади!
&
29/05/2023 20:46
Худо хохласа Кукон1912чикса яхши булди турон кетмаса
&
Олға насаф
29/05/2023 17:50
Сўғдиёна-Насаф учрашувида ҳакамлик қилган "ҳакам"ни ҳам ишини кўриб чиқиш керак. Кўзи тушган ўйинчига карточка берди. Умуман ўйнагани қўймади йигитларни .
&
29/05/2023 20:44
Умуман олиб ташлаш керак.коганига урнак булади