
“Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” Qozog‘istonda xalqaro turnir chempioni bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek Andijon futbol akademiyasining 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamolari Qozog‘istonning Olmota shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda. Ushbu turnirda Rossiya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va mezbon Qozog‘istondan jamoalar bor.
Bugun Shoxruh Ishanov murabbiyligidagi 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi musobaqaning hal qiluvchi final bahsida Sirdaryo viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishdi. Gollarga boy va murosasiz kechgan o‘yinning asosiy bo‘limlari 2:2 hisobida jangovor durang qayd etilgach, g‘olib nomi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi. Unda 3:0 hisobida “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Shu tariqa andijonlik yoshlar xalqaro turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi.
29 mart, Olmota. 2005 yillar. FINAL
Sirdaryo FA (O‘zbekiston) - "Andijon AFA "SGS" ShirinGaz" (O‘zbekiston) 2:2 (pen.bo‘yicha 0:3)
SPORTS.uz tahririyati xalqaro musobaqa chempioni bo‘lgan yosh futbolchilarimizni tabriklaydi.
Fikrlar