“Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” Rossiya va Qozog‘iston jamoalarini engdi
Avval xabar berganimizdek Andijon futbol akademiyasining 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamolari Qozog‘istonning Olmota shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda. Ushbu turnirda Rossiya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va mezbon Qozog‘istondan jamoalar bor.
Bugun musobaqaning ikkinchi kunida Shoxruh Ishanov murabbiyligidagi 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi turnirning mezbon Qozog‘istonning “Qayrat” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilarini 2:0 hisobida engdi. Raqib darvozasiga kiritilgan gollarga Zaynidin Xamroboev hamda Akbarxo‘ja No‘monxo‘jaevlar mualliflik qilishdi.
25 mart, Olmota. 2005 yillar.
"Qayrat" (Qozog‘iston) - "Andijon AFA "SGS" ShirinGaz" (O‘zbekiston) 0:2
Gollar: Zaynidin Xamroboev, Akbarxo‘ja No‘monxo‘jaev
Murabbiy Lochin Guldoev boshchiligidagi 2006 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi musobaqaning ikkinchi turida ham g‘alaba qozonishdi. Ular bu safar Rossiyaning “Molniya” jamoasini 4:0 hisobida engishdi. Uchrashuvdagi gollar Bekmurod Abduraimjonov, Abdullox Abdunabiev, Bekzod Sulaymonov hamda Abdug‘ani G‘ulomovlar tomonidan kiritildi.
25 mart, Olmota. 2006 yillar.
"Molniya" (Rossiya) - "Andijon AFA "SGS" ShirinGaz (O‘zbekiston) 0:4
Gollar: Bekmurod Abduraimjonov, Abdullox Abdunabiev, Bekzod Sulaymonov, Abdug‘ani G‘ulomov.
Musobaqa 31 martga qadar davom etadi.



Fikrlar