"Andijon" klubi futbol maktabi bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi

  • 11 noyabr, 2020, 22:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Andijon shahar Sho‘rbuloq dahasida joylashgan “Andijon futbol mahorat maktabi” majlislar zalida Andijon futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Bekzod Karimov, “Andijon futbol mahorat maktabi” direktori Nasibillo Madrahimov hamda “Andijon” klubi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jaev, shuningdek, jamoa rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad “Andijon” klubi hamda futbol mahorat maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, klub tomonidan muntazam ravishda yosh futbolchilarni kuzatib borish bo‘yicha rejalar tuzildi.

Shuningdek, bu yilgi “Professional futbol maktablari ligasi” O‘zbekiston chempionatida eng yuqori o‘rinni qo‘lga kiritgan “Andijon futbol mahorat maktabi” tarbiyalanuvchilarini viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hamda “Andijon” klubi bosh murabbiyi samimiy muborakbod etib, kelgusida bundan ham yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishlarini tiladilar - deyiladi, klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!