"Andijon" klubi muammoli vaziyat xususida bayonot berdi

  • 4 fevral, 2021, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi klub ta’sischisi Jur’atbek Quvvatovning "Futbol Taym TV" dasturida bildirgan irqchilik mazmunidagi fikrlariga munosabat bildirdi:

Tecno

"Ushbu intervyu chog‘ida legioner futbolchilar haqida so‘z borganda, irqchilik so‘zlari ishlatilganligi uchun klub vitse-prezidenti Doniyorbek Mullajonov jamoa nomidan uzr so‘raydi. Jur’atbek Quvvatov ushbu so‘z orqali hech kimni kamsitmoqchi yoki haqoratlamoqchi emas edi.

«Barchamiz, avvalo, insonmiz, biz hech kimni kamsitmoqchi emasmiz va aytilgan gaplar kimlarningdir ko‘ngliga ozor etkazgan bo‘lsa, bundan afsusdamiz va uzr so‘raymiz», -  deya takidladi Doniyorbek Mullajonov.

Biz hamdo‘stlik qoidalariga rioya qilamiz va barcha millat va irq vakillarini hurmat qilamiz", - deyiladi matbuot xizmati bayonotida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!