"Andijon" ko‘rigiga rossiyalik futbolchi tashrif buyuradi
Superligada qolish masalasini hal etgan "Andijon" yangi mavsum uchun raqobatbardosh jamoa tuzish maqsadida o‘z tarkibini kuchaytirmoqda. Andijonliklar safiga rossiyalik futbolchi kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Jamoa matbuot xizmati bu haqda xabar tarqatdi:
"Andijon" ko‘rigiga rossiyalik futbolchi tashrif buyuradi. Ushbu futbolchi jamoamiz mashg‘ulotlariga 10 fevral kuni kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Evgeniy Senin
Tug‘ilgan sanasi: 12.04.1997
Fuqaroligi: Rossiya
Ampluasi: Markaziy hujumchi
Boyi: 1,80m
Transfer narxi: 50ming evro
To‘p surgan jamoalari: "Tosno-2", "Ural-2", "Lada Tolyatti", - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar