"Andijon" legioneri: "Operatsiya Moskvada o‘tkaziladi"
Xabaringiz bor, "Andijon" jamoasining gruziyalik yarim himoyachisi Nodari Kavtaradze 29 iyun kuni “Paxtakor”ga qarshi bellashuvda tizzasidan jarohat olib o‘yinni davom ettira olmasligi mal’lum bo‘ldi va maydonni ancha erta tark etdi.
Albatta, Kavtaradzega sog‘lik tilaymiz va bunday damlarni engib o‘ta oladi. Uning hozirgi holatidan xabar olish maqsadida “Andijon” matbuot xizmati Kavtaradze bilan bog‘landi.
- Nodari, “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda kutilmagan jarohat sababli safdan chiqdingiz. Kuni kecha shifokorlar ko‘rigida bo‘ldingiz. Qanday tashxis qo‘yishdi?
- Tashxis kuvontiradigan darajadamas. Jarohatim og‘ir, operatsiya kerak. Tiklanish uchun 4-6 oy kerak bo‘ladi. Operatsiya Moskvada o‘tkaziladi va tiklanish ham.
- Ayting-chi, birinchi davrada ko‘proq qaysi o‘yin yodingizda qoldi?
- Xotiramga muxlislarimizni quvontirgan g‘alabalar keladi. Ayniqsa, “Nasaf”ni enganimiz, “Metallurg” ustidan qozonilgan yirik g‘alaba va “Paxtakor” bilan o‘tgan oxirgi o‘yindagi natija.
- Sizni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga nima deya olasiz?
- Ishqibozlarimissiz bunday natijalar bo‘lmasdi. Chunki ular bizning 12-o‘yinchimiz! Maydonga tushganingizda yolg‘iz emasligingizni his qilasiz. Stadionimiz tayyor bo‘lganidan so‘ng, uyimizdagi o‘yinlarni muxlislar bilan qanday o‘tishini tasavvur qilyapman!
“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar