
"Andijon" mavsumlar oralig‘idagi ilk nazorat o‘yinini o‘tkazadi
O‘z qarorgohimizda dastlabki tayyorgarlik bosqichini olib borayotgan Aleksandr Xomyakov jamoasi bilan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Reja bo‘yicha 15-28 dekabr oralig‘idagi yig‘in mobaynida bitta nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi.
Shuni ma’lum qilmoqchimizki, “Andijon” jamoamiz 26 dekabr kuni o‘z qarorgohida mavsumlar oralig‘idagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida “Navbahor-Farm” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuv soat 14:00 ga belgilangan.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar