"Andijon" murabbiyi: Balki biz murabbiylarning ham aybimiz bordir...

  • 12.07.2020 21:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol

“Andijon” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Diyor Mirzaboev ishtirok etdi.

- O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi bo‘lim to‘liq “Surxon”ning ustunligida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda himoyachimiz qizil kartochka oldi. Umuman olganda, biz murabbiylarning ham aybimiz bor. Futbolchilarda o‘yinga bo‘lgan ishtiyoq ko‘rinmadi. Adolatli g‘alaba bilan “Surxon”ni tabriklayman.

- “Andijon” o‘z uyida nimaga beshta himoyachi bilan o‘ynadi?

- Bu bosh murabbiyga beriladigan savol. Bu uning falsafasi va futbolchilarimizning imkoniyatidan kelib chiqib shunday yo‘l tutilyapti. Qarshi hujumlarning oldini olib shunday harakat qilinyapti.

- Kumikov masalasi qachon hal bo‘ladi?

- Bu rahbariyatga beriladigan savol.

- “Andijon” ketma-ket 9 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayotgani jamoaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatyaptimi?

- G‘alaba qozona olmayotgan bo‘lsak ham oxirgi uchta o‘yinda durang o‘ynadik. Yigitlarda kayfiyat yaxshi edi, muhit ham joyida edi. O‘yingacha ham barchada yaxshi kayfiyat hukmronlik qilayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
13/07/2020 09:35
СУРХОН кучли уйнамади Андижон ямон уйнади голни каракнг кулгинг ккелади
Расулжон Тоштемиров
13/07/2020 09:33
Андижон бир карасанг жанговор мехмонда асосан уйида эса ачко улашади хайронман охири нима булади
&
13/07/2020 13:14
Андижонга,гол урадиган футболчилардан,таклиф килиш керак. Иккинчи даврада,уйлаймиз янги бош тренер,гол урадиган футболчилардан таклиф этар. !
&
Ф/К АНДИЖОН
13/07/2020 05:10
Андижон качон сендан,fалабани курамиз? Ва кутамиз? Узи Андижон футболчилари стадионга тушганида,уйнашга чучишмокдами,хайронсан. Бунака кетишда,Про лигага равон буласизлар. Лекин сизларга омад тилайман,ва fалабаларни кутамиз.Омад сенга,Андижон. !!!
Mirali Hcerali
12/07/2020 21:33
Гол урадигон уйинси йу'к, дпрвозабонлар хам тажрибасиз Кумиков тугри химоявий тактика танлаган сурхон у'йинчилари тажрибали