"Andijon" murabbiyi "Bunyodkor"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 1 iyul, 2020, 21:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" - "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar katta murabbiyi Diyor Mirzaboev ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Uchrashuv haqida nima deyish mumkin? "Bunyodkor" o‘yinni nazorat qildi. Yigitlarimizga shijoat etishmadi. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolgan bo‘lishiga qaramay, hujumlarga ega bo‘ldi. Futbolchilarimizda nega shijoat kamligini ertaga o‘yinni tahlil qilib, keyin xulosa qilamiz.

- Usmonovning saviyasi jamoaga mos kelmapti. Nima sababdan u doim maydonga tushmoqda?

- Tarkibimizda u bilan Litvyakov bor xolos. Shuning uchun maydonga tushirishga majburmiz. Hozircha imkoniyatimizdagi bor futbolchilardan foydalanyapmiz.

- "Bunyodkor" 10 kishi qoldi. "Andijon" bir ochko oldimi?

- Raqib 10 kishi bo‘lib ham hujumlarni tindirmadi. Shu sababli, bir ochkoni qo‘lga kiritdi deb o‘ylayman.

- Bekmuratovga nima deb ko‘rsatma berdingiz?

- Bir kishi ko‘p bo‘lib qolganimizdan keyin uni yonimga chaqirib sal oldiroqqa chiqib o‘ynashimiz kerakligini ko‘rsatdim.

- "Metallurg" bilan o‘yindan keyin boshqa darvozabon o‘ynay boshladi.

- Aslan Ahrorov debyutini bu yil o‘tkazdi. U yosh darvozabon. Ruhiy tushkullikka tushib qolgandi. Darvozabonlar murabbiyimizning ko‘rsatmasi sababli, Abdullaevga imkoniyat berdi. Shu sababli, Islomga imkoniyat berishga qaror qildik. O‘ylaymanki, Islom o‘tgan turda ham, bugun ham yomon o‘ynamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurbek
01/07/2020 22:09
Андижон камандаси билан мажлис ўтказинглар. Бунақа уйнаб олий лигада жон сақлаб ҳам қололмайсизлар. Ўйинни бошида лиганер зўр паст берганда ҳам хатто дарвозага тепишни билмади. Буларни ўйнини кўриб праписанал ўйинчилигига ҳам ишонгинг келмайди. Лиганерлар яҳши ўйнашди лекин ўзимизники ўйнамаса уларни яҳши ўйнашидан фойда йўқку. Аҳир улар 2 ёки 3 та аммо 8 та ўйинчи ўйнамаса уларни қўлидан нима ҳам келарди.
Abbos Axmedov
02/07/2020 00:01
Хафа бомагин биродар ИншаАллох бу Андижон супер лигада колади кегинги йил узини курсатади хозирча Омад тилайман Андижонни кегинги уйинларига деб Навбахор мухлисидан!