
"Andijon" o‘tish o‘yinida qaysi jamoa bilan o‘ynashi va uchrashuv sanasi ma’lum bo‘ldi
Pro ligada 2-o‘rinni egallagan “Neftchi” hamda Coca Cola Superliganing 13-jamoasi bo‘lgan “Andijon” ishtirokidagi uchrashuv 15 dekabr kuni “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tashkilot Tartib-intizom qo‘mitasining “Neftchi” futbol klubi bo‘yicha qarorini kutdi. Qo‘mita klubning o‘tish o‘yinida ishtirok etishi uchun sharoit yaratdi. Faqatgina "Istiqlol” arenasidagi keyingi uch rasmiy uchrashuv muxlislarsiz o‘tishi ma’lum qilindi. O‘tish o‘yini 14:00 da start oladi va u jonli efirda namoyish etiladi.
Ilgariroq, “Neftchi” futbolchisi 10 yilga futboldan chetlatilgani, klub esa 100 mln so‘m jarima to‘lashi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar