"Andijon" safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishni boshladi
Xabaringiz bor ayni damda Oliy va Birinchi liga jamoalari o‘z saflarini kerakli futbolchilar bilan to‘ldirishmoqda.
Jumladan, "Andijon" jamoasiga bugun Muborakning "Mash’al" klubidan Firdafs Asadov va Buxoroning "Nurafshon" klubidan Ravshan Aslanov kabi futbolchilar kelib qo‘shilishdi.
Xabarlarga qaraganda ertaga "burgutlar" safiga yarim himoyachi Akmal Xolmatov hamda darvozabon Akmal Ortiqovlar ham kelib qo‘shilishadi.



Fikrlar