"Andijon" serbiyalik legioneri bilan xayrlashdi

  • 3 dekabr, 2024, 16:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qishki selektsiya jarayonida birinchi navbatda tarkibdagi o‘zgarishlar hammani qiziqtirishi turgan gap. Shuni ma’lum qilmoqchimizki, “Andijon” jamoasi serbiyalik legioner Lyubisha Petsel bilan xayrlashdi.

Yodingizda bo‘lsa, 31 yoshli himoyachi shu yilning yozida klubga qo‘shilgandi va chempionat yakuniga qadar shartnoma imzolangan. O‘tgan vaqt davomida Petsel Superligada 5 ta, O‘zbekiston Kubogida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Serbiyalik legioner bilan tuzilgan shartnoma yakunlangani bois tomonlar iliq munosabatda xayrlashdilar, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
03/12/2024 17:47
Пухни ишини килмай пул ювишда иштирок этиб,соккани олиб кетди.