
"Andijon-SGS" Pro-ligada 6 ta gol urgan. Ularning beshtasi bitta futbolchiga tegishli
O‘zbekiston Pro-ligasining 6 turi ortda qoldi. Mazkur turda ham tomoshabinlar o‘z suyuklilari ishtirokida qiziqarli uchrashuvlar guvohi bo‘ldi. Biz sizga 7-tur starti oldidan ayrim qiziq faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Musobaqa debyutanti sanalmish "Andijon-SGS" klubi 5 ta o‘yin o‘tkazdi va unda 1 g‘alabani qo‘lga kiritdi. 3 ochko to‘plagan andijonliklar hozircha jadvalning so‘nggi pog‘onasida ketmoqda.
Qizig‘i, klub chempionatda 6 ta gol urgan. Ularning 5 tasi jamoa to‘purari Abubakir Mo‘ydinovga tegishli. Bu Abubakir "Andijon-SGS"ning 83,3 foiz golini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi degani.
Fikrlar