
"Andijon" taklif qilgan bir qator legionerlarning rejalari o‘zgardi
Xabaringiz bor, “Andijon” jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qancha legioner futbolchilar bilan ko‘rik uchun kelishuvga erishgan edi. Lekin ular klubga qo‘shilmasligi oydinlashdi.
Jumladan, jamoa yig‘iniga qo‘shilishi kutilayotgan ukrainalik Vasiliy Kurko, kot-d'ivuarlik Kouassi Kouadja va yaponiyalik Tatsuro Nagamatsu o‘z yutrlarida joriy qilingan karantin qoidalari tufayli “Andijon” safiga qo‘shila olmaydigan bo‘ldi.
Yana bir rossiyalik legioner Rassam Axmatov esa shaxsiy muammolari sababli, ko‘rikka kela olmasligini ma’lum qildi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar