
Andijon viloyati hokimi chempion futbolchilar bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek Andijon futbol akademiyasining 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi o‘tgan oy Qozog‘iston Respublikasining Olmota shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etib qaytishdi.
Ular ushbu turnirda Rossiya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va mezbon Qozog‘iston jamoalariga qarshi o‘yinlarda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan edi.
Bugun murabbiylar Shoxruh Ishanov hamda Lochin Guldoev boshchiligidagi jamoa a’zolarini tabriklash uchun Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyat futbol akademiyasiga tashrif buyurdi. Viloyat rahbari uchrashuv davomida yosh futbolchilarga kelajakda bundanda yuqori natijalar qayd etishlariga tilakdosh ekanini bildirdi. O‘z navbatida chempion bolalar ham samimiy tilaklarga munosib javob qaytarib, kelajakda yanada yuqori marralarni egallashga va’da berishdi.
Shuningdek, viloyat futbol federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov ham yosh futbolchilarni g‘oliblik bilan tabrikladi va ularga o‘z tilaklarini bildirdi.






Fikrlar