"Andijon" yana bir futbolchisini ijaraga berdi
“Andijon” U-21 jamoasi sardori sifatida to‘p surib kelgan iqtidorli yarim himoyachi Sardor Karimov pro liga vakili “Andijon-SGS”ga mavsum oxiriga qadar ijaraga berildi. Bu haqida "Andijon" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoaning yana bir futbolchisi, hujumchi Izzat Abdulhaqov ham “Andijon-SGS”ga ijaraga berilgandi.
Fikrlar