"Andijon" yana kimlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi? Ketganlar ham bor

  • 30.07.2023 06:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon” jamoasi yozgi transfer paytida yana uch nafar o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Jumladan, “Andijon” U-21 uchun Abdumalik Nurmuhammedov, Nodir Karimov hamda Abduvohid Oxtoev bilan shartnoma imzolandi. Ushbu o‘yinchilar klub bilan xayrlashgan Behruz Hamidullaev, Alisher Jo‘raboev va Azizbek Usmonovning o‘rnini to‘ldirdilar. Aytish joizki, Karimov hamda Oxtoev kecha “Andijon” U-21 ning “Nasaf” U-21 ga qarshi uchrashuvida ishtirok etdilar.

Qolaversa, "Andijon" safini yana tark etgan futbolchilar ham bor. Bunga qadar Nikolay Shevchenko, Axtam Nazarov va Sherzod Esanovni “Andijon” bilan xayrlashgani to‘g‘risida habar berib o‘tgandik.

Shuningdek, asosiy tarkib a’zolaridan Asilbek Aysarov “Turon”ga, Izzatilla Abdulhaqov esa “Andijon-SGS”ga ijaraga berildi. Hammasi bo‘lib jamoadan 8 futbolchi va 1 nafar murabbiy Liga ro‘yxatidan chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ibrohim G‘anixonov hamda Abbos Ergashboev bilan shartnoma tuzilgani haqida ma’lumot berganmiz. Quyida esa "Andijon"ni tark etganlar haqida tanishigingiz mumkin:  

Ketganlar:

Asilbek Aysarov (“Turon” klubiga yil oxirigacha ijaraga berildi)

Axtam Nazarov (shartnoma ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra bekor qilindi)

Sherzod Esanov (“Olimpik” jamoasiga yil oxirigacha ijaraga berildi)

Nodari Kavtaradze (u bilan shartnoma o‘z kuchida qolgan. Biroq jarohati tufayli Liga ro‘yxatidan chiqarildi)

Izzatilla Abdulhaqov (“Andijon-SGS” jamoasiga yil oxirigacha ijaraga berildi)

Alisher Jo‘raboev (“Tsementchi” jamoasiga mavsum oxirigacha ijaraga berildi)

Azizbek Usmonov (ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra shartnoma bekor qilindi)

Behruz Hamidullaev (ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra shartnoma bekor qilindi)

Murabbiy Nikolay Shevchenko (u bilan shartnoma ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra bekor qilindi).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!