"Andijon" yangi futbolchilarini qachon ommaga tanishtiradi?
O‘tgan mavsum Superligada qolish vazifasini uddalagan “Andijon” yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rdi.
“Burgutlar” safini asosiy futbolchilar tark etgan bo‘lsada, ularning o‘rniga bir qator mahoratli futbolchilar jalb etildi. Xabarlarga qaraganda, “Andijon” jamoasi 6 mart kuni o‘zining yangi futbolchilarini ommaga tanishtiradi.
Eslatib o‘tamiz, Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi “Andijon” mavsumning 1-turini safarda “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 11 mart kuni soat 18:30 da boshlanadi.

Fikrlar