"Andijon"da eng ko‘p gol urgan va eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar kimlar ekanini bilasizmi?

  • 12 iyul, 15:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumning birinchi qismi yakuniga etgani sababli klublarimizda asosan statistik ma’lumotlar havola etilishi tabiiy. Chunki bu ham muxlislarda o‘ziga yarasha qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Tecno

Birinchi davra yakunlariga ko‘ra, “Andijon” safida hammasi bo‘lib 26 nafar futbolchi rasmiy bahslarda ishtirok etgan. Ma’lumot uchun, "Burgutlar" mavsumning dastlabki yarmida 9-o‘rinni band etdi. "Andijon" chempionatga Aleksandr Xomyakov bosh murabbiyligida kirishib, yarmidan Maksim Shatskix boshqaruviga o‘tdi. 

Statistik ma’lumotga ko‘ra, "Burgutlar" tarkibida birinchi davrada eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar – Usmonali Ismonaliev, Bektemir Abdumannonov va Rustam Turdimurodov bo‘lib, ular barcha 19 ta o‘yinda maydonga tushishgan. Bunda Superliga, O‘zbekiston Kubogi va Superkubok uchrashuvlari inobatga olingan. 

Jamoa a’zolari chempionatda 15 ta, O‘zbekiston Kubogida 3 ta (guruh bosqichi) va bir bor Superkubokda qatnashishdi. Abubakir Ashurov, Shoxjahon Yorqinboev, Bekzod Sulaymonov, Miraziz Muxamadaliev va Asad Habibullaev "Andijon"da debyutini o‘tkazdilar. Hattoki, Yorqinboev "Bobur arena"da "Qizilqum"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gol urdi va shuning evaziga bahs 1:1 hisobida yakun topgan.

Mavsumning dastlabki qismida andijonliklar safida yarim himoyachilar - Doniyor Abdumannopov va Bektemir Abdumannonov 4 tadan gol urdilar va aynan ikkalasi eng ko‘p gol urgan futbolchilar bo‘lib turishibdi. Ikkinchi o‘rinda esa chernogoriyalik himoyachi Luka Uskokovich bo‘lib, u chempionat va Kubok bahsida hammasi bo‘lib 3 ta gol urishga erishdi.

Quyida 26 nafar o‘yinchining mavsumning dastlabki qismidagi statistikasi bilan tanishasiz:

Darvozabonlar

Eldor Adhamov - 12 o‘yin  933 daqiqa  

Valijon Rahimov - 9 o‘yin  777 daqiqa

Himoyachilar

Islom Mamatkazin -18 o‘yin  1548 daqiqa  1 gol\1 assist

Abubakir Ashurov -3 o‘yin  237 daqiqa

Oleg Zoteev -12 o‘yin  920 daqiqa  1 gol\1 assist

Asadbek Habibullaev - 1 o‘yin   1 daqiqa

Abdulvohid G‘ulomov -13 o‘yin  1011 daqiqa  2 assist

Usmonali Ismonaliev -19 o‘yin  901 daqiqa

Bekzod Sulaymonov - 2 o‘yin  59 daqiqa

Luka Uskokovich - 7 o‘yin  541 daqiqa  3 gol

*Miomir Jurichkovich - 10 o‘yin  850 daqiqa

Abdurahmon Komilov -11 o‘yin  697 daqiqa

Yarim himoyachilar

Altin Kreziu -17 o‘yin  993 daqiqa  1 gol\4 assist

Iskandar Shoyqulov -14 o‘yin 703 daqiqa

Muhammadkarim Toirov -9 o‘yin 736 daqiqa  1 assist

Damir Temirov -15 o‘yin  662 daqiqa  1 gol\1assist

Bektemir Abdumannonov -19 o‘yin  1344 daqiqa  4 gol\2 assist

*Mirzad Mexanovich -10 o‘yin  580 daqiqa  1 gol\2 assist  

Farhod Sohibjonov - 9 o‘yin    306 daqiqa  1 assist

Doniyor Abdumannopov -18 o‘yin  1165 daqiqa  4 gol\1 assist

Sardor Azimov - 11 o‘yin  608 daqiqa  1 gol

Shoxjahon Yorqinboev - 3 o‘yin  113 daqiqa  1 gol

Ilhom Abdug‘aniev - 16 o‘yin  1107 daqiqa  1 gol\1 assist

Hujumchilar

Rustam Turdimurodov - 19 o‘yin  1147 daqiqa  2 gol\1 assist

Miraziz Maxamadaliev - 3 o‘yin   36 daqiqa

*Islam Mashukov -13 o‘yin  599 daqiqa  2 assist

Izoh: * belgisi bilan yozilgan futbolchilar birinchi bo‘lim yakunlanmasidan klubni tark etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!