Andijonda faxriylar o‘rtasida xotira uchrashuvi o‘tkazildi
Barchaga yaxshi ma’lum 9 may mamlakatimizda “Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilingan. O‘tganlarni xotirlash, borlarini esa qadriga etish xalqimizga xos fazilatdir.
Kecha ushbu sana munosabati bilan Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi viloyat futbolida o‘z so‘zini aytgan va mintaqada futbolni rivojlantirishga umrini bahshida qilgan ajoyib murabbiy Yazgeldi Kutdanovga bag‘ishlab xotira uchrashuvi tashkil etildi. Unda Andijon viloyatida ko‘p yillar futbol sohasida faoliyat olib borgan faxriylar ishtirok etishdi.
Bellashuv so‘nggida esa barcha faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng tadbir bir piyola choy ustida davom etdi. Ayni damda keksalik gashtini surayotgan viloyat futboli zaxmatkashlari ushbu tadbirni uyushtirgan Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimovga o‘z minnatdorchiliklarini bildrishdi.
Kunning ikkinchi qismida esa Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi vakillari 1980-1990 yillarda “Andijon” jamoasi sharafini munosib himoya qilgan Rinat Kotelev va Oleg Sazonovlarni holidan xabar olish uchun Andijon shahridagi qariyalar uyiga tashrif buyurishdi. Tabiiyki, ushbu tashrif sobiq futbolchilarni nihoyatda quvontirdi. Buni ularning yuzlaridagi quvonchdan ko‘rish mumkin edi.
“Bu kabi tadbirlarni nafaqat 9 may arafasida, balki, yil davomida o‘tkazamiz. Chunki, faxriylarni e’ozlash, o‘tganlarni esa xotirlash biz uchun ham farz, ham qarz”, - deydi viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov.












Fikrlar