"Andijon"da yana 0:0. Bu safargisi qanday bo‘ldi?

  • 23 oktabr, 01:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bobur arena” ikkinchi marotaba Osiyo Chempionlar ligasi 2 o‘yiniga mezbonlik qildi. “V” guruhidan joy olgan “Andijon” ketma-ket ikkinchi bor o‘z maydonida o‘ynadi va bu safar Bahraynning “Al-Xaldiya” klubini qabul qildi.

Tecno

G‘alaba ishtiyoqida maydonga tushgan maydon egalari shunga mos ravishda hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Raqib katta muammolarga duch kelgani aniq. “Andijon” uchrashuv davomida tashabbusga egalik qildi. Lekin bu safar ham gol urish nasib qilmadi. Biroq avvalgilardan farqli o‘laroq, “Andijon” golga juda va juda yaqin keldi va aslida bunga munosib ham edi.

“Burgutlar” birinchi bo‘limda Usmonali Ismonalievning bosh bilan yo‘llagan zarbasi orqali gol urishgandiyu, ammo qanot hakam bayroqchasini ko‘tardi va hisobga olinmadi. Maksim Shatskix futbolchilarni uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorlagani ko‘rindi. “Al-Xaldiya” darvozaboniga ish ko‘p bo‘ldi va jamoasini gollardan saqlab qoldi. Bir vaziyatda esa "Andijon" darvozaboni Erjan Tokotaev ham jamoasini goldan qutqarib qolgani yodimizda.

Ikkala bo‘limda "Andijon"da yaxshigina imkoniyatlar yuzaga keldi. Bir vaziyatda to‘p jarima maydoni ichida raqib o‘yinchisi qo‘liga tegdi, ammo iordaniyalik hakam negadir penalti belgilashni lozim topmadi. Futbolchilar maydonda borini berishdi, kurashishdi, katta hajmdagi mehnatni bajarishdi va bularning barchasi g‘alabaga qaratilgandi. Lekin futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Ketma-ket uchinchi uchrashuvda 0:0 kuzatildi, ammo hali keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Qayd etilgan hisob esa albatta o‘yinga mos emasdi. Maydonda g‘alabaga munosib jamoa bu shubhasiz “Andijon” edi.

“Andijon” - “Al-Xaldiya” - 0:0.

22 oktyabr. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 6940 tomoshabin.

Hakamlar: Axmad Yakub Ibrohim, Xamja Abdulmajid Saadex, Qais Ayman Xamis (barchasi - Iordaiya).

Zaxira hakami: Nurzatbek Abdikadirov (Qirg‘iziston)

Nazoratchi: Alaa Abid-Alqadir (Iroq)

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)

“Andijon”: Erjan Tokotaev, Sunnatillox Hamidjonov, Kristian Novak, Shaxzod Azmiddinov, Sardor Azimov, Damir Temirov (Saidumarxon Saidnurullaev, 74), Muhammadkarim Toirov, Usmonali Ismonaliev (Bekzod Sulaymonov, 90), Bektemir Abdumannonov, Doniyor Abdumannopov (Ismoil Akinade, 74), Otabek Jo‘raqo‘ziev (Shoxjahon Yorqinboev, 79).

“Al-Xaldiya”: Said Dxiya, Axmed Bugxammar, Klayde Okonnel (Xazza Ali, 46), Gleyson Uilson, Komail Alasvad, Saif-Eddine Buxra (Muxammad Adil, 62), Dominik Mendi, Ayub El Amlud (Zaxuy Ulruch Fabien, 88, Ayman Dairani, Rikardo Mauel, Joel Beya Tumuteka (Muhammad Saad Alrumayxi, 71).

Ogohlantirishlar: Erjan Tokotaev, 81. Sunnatilloh Hamidjonov, 81.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Doniyor Abdumannopov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!