
"Andijon"ga Superligada qolishi uchun qanday mukofot va’da qilingandi?
Bugun Superliga o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda "Neftchi" Farg‘onada "Andijon"ni qabul qildi.
"Istiqlol" stadionida kechgan bahsda mezbonlar birinchi bo‘lib hisobni ochgandi. Biroq "burgutlar" keyingi daqiqalarda iroda namoyish etib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Natijada, Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdlari Superligada qolish vazifasini uddaladi.
Bellashuvdan avval, "Andijon" jamoasiga chempionatda jon saqlab qolsa, pul mukofoti va’da qilingandi. Buni bosh murabbiy Otabek G‘ulomxo‘jaev uchrashuvdan keyingi fikrlarida ham tasdiqladi. Uning aytishicha, jamoa a’zolari bugunning o‘zidayoq mukofot pullarini oladi. Ammo murabbiy qanday summa haqida gapirganini aytmadi.
Fikrlar