Gapining ustidan chiqib, "Andijon"ni Superligada olib qolgan Otabek G‘ulomxo‘jaev o‘yindan keyin nimalar dedi?

  • 15 dekabr, 2020, 16:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Andijon” klubi pley-off bahsida “Neftchi”ni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Bosh murabbiy Otabek G‘ulomxo‘jaevni aynan jamoani kuchlilar orasida olib qolish uchun taklif qilishgandi. Natijada u oldiga qo‘yilgan vazifani bajardi.

“Neftchi”ga qarshi bellashuvdan so‘ng, bosh murabbiy sports.uz uchun o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Muhim o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin borasida nimalar deya olasiz?

- Natija yaxshi bo‘ldiyu, ammo o‘yinning bosimi evaziga o‘ylagan rejalarimizning hammasi ham amalga oshmadi. Pala-partishlik hisobiga gol o‘tkazib yubordik. Biroq yigitlarga rahmat, o‘zlarida kuch topa oldilar. Zaxiradan maydonga tushganlar ham ishonchi oqladi. O‘yinning statusi balandligi uchun “Neftchi” ham jiddiy tayyorlangan. Butun jamoamiz nomidan Andijon xalqini Superligada qolgani bilan tabriklayman. Kelasi yili boshqacha “Andijon”ni ko‘rishadi, har tomonlama.

- Murabbiy sifatida bu siz uchun dastlabki katta g‘alaba. Chunki gapingizning ustidan chiqib, klubni Superligada saqlab qoldingiz...

- Xudoga shukr aytaman. Mana, “Andijon”dagi beshinchi o‘yinda jamoani saqlab qoldik. Endi bu bizga kelasi yili ikki karra ko‘p ishlash uchun motivatsiya. Doimgidek, Allohga tavakkal qildik. Futbolchilarga ishondik, ular esa bizga ishonishdi. Murabbiylikda bu bilan to‘xtab qolmaymiz.

- Bugungi o‘yin uchun futbolchilarga qanday bonus va’da qilingan?

- Yaxshigina mukofot pullari va’da qilingan. Bugunning o‘zidayoq pullarini olishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ф/К АНДИЖОН
15/12/2020 18:00
Отабек сизга Андижон мухлислари ва Андижон вилоя футбол севарлар(фанатлар) номида катта рахмат айтаман,ва fалаба билан табриклайман. Ва сизга ишларингизда,хамда Андижон футбол клуби футболчиларига омад тилайман. Яна келаётган янги 2021-йил билан табриклайман !!! Рахмат.
&
Ф/К АНДИЖОН
15/12/2020 18:00
Отабек сизга Андижон мухлислари ва Андижон вилоя футбол севарлар(фанатлар) номида катта рахмат айтаман,ва fалаба билан табриклайман. Ва сизга ишларингизда,хамда Андижон футбол клуби футболчиларига омад тилайман. Яна келаётган янги 2021-йил билан табриклайман !!! Рахмат.
Safar Nuriddinov
15/12/2020 17:51
Уяте шууйинни канча одамларкутди пойтахт жамоаси булганда эрталабдан бориб утириб олишарди уят
Safar Nuriddinov
15/12/2020 17:51
Уяте шууйинни канча одамларкутди пойтахт жамоаси булганда эрталабдан бориб утириб олишарди уят