"Andijon"ning sobiq legioneri "Qaysar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

  • 15 mart, 2023, 10:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston premer-ligasining 3-turida “Qaysar” klubi o‘z maydonida “Aksu” jamoasini qabul qildi. Jangovar ruhda o‘tgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.

Tecno

Avvaliga  Prindetaning 5-daqiqada urgan goli evaziga mezbonlar hisobni ochishgandi. 10 hamda 20-daqiqalarda mehmonlar ikki marta gol urib, vaziyatni o‘zgartirishdi. Bo‘lim yakunida chernogoriyalik yarim himoyachi Goron Miloyko hisobni tenglashtirdi – 2:2. Ko‘rib turganingizdek, uchrashuv taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal qilindi.

Ma’lumki, Miloyko o‘tgan yili pro ligada “Andijon” safida to‘p surib jamoaning Superligaga qaytishida katta hissasini qo‘shgan. U Qozog‘iston chempionatida debyut golini urdi.

Ta’kidlash joizki, “Qaysar”ni muxlislarimizga yaxshi tanish Viktor Kumikov boshqaryapti. Miloyko o‘tgan yili aynan ushub mutaxassis bilan “Andijon”da ishlagan. Biroq hozircha Kumikovning “Qaysar”dagi ishlari ko‘ngildagidek emas. Dastlabki ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va 3-turga kelib dastlabki ochkosini ishladi. Hozircha “Qaysar”ning hisobida g‘alaba yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!