
"Andijon"ning uch nafar futbolchisi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga chaqirildi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz yaqinda Frantsiyada o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida munosib ishtirok etish uchun yuqori darajada tayyorgarlik olib borishi rejalashtirilgan.
Shu maqsadda O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz 3-11 iyun kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini hamda 7 va 10 iyun kunlari poytaxtimizda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Bo‘lajak yig‘in hamda o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish uchun “Andijon” jamoasidan uch nafar futbolchi – Sherzod Esanov, Farhod Sohibjonov va Islom Mamatkazin terma jamoamizdan chaqiruv oldilar.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar