
Andre Onana "Chelsi" bilan kelishib oldi
"Ayaks" darvozaboni Andre Onana yozda Londonning "Chelsi" klubi futbolchisiga aylanadi.
Voetbal nashri xabariga ko‘ra, londonliklar futbolchining transferi masalasida kelishuvga erishdi.
Manba maxlumotiga ko‘ra, "ko‘klar"dan tashqari "Barselona" va PSJ klublari ham futbolchining transferi masalasida Amsterdam klubi rahbariyati bilan aloqaga chiqqan, biroq xar ikki klub niderlandlardan rad javobini olgan.
Joriy mavsumda Onana 32 ta o‘yinda "Ayaks" darvozasini himoya qildi va 30 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, uning hisobida 13 ta quruq o‘yin ham bor.
Fikrlar