Andrey Shevchenkoning o‘rnini kim egalladi?

  • 18 avgust, 2021, 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgach, mamlakat futbol assotsiatsiyasi uning o‘rniga yangi bosh murabbiy topdi.

Tecno

Tashkilot rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ushbu lavozimga Aleksandr Petrakov tayinlangan. U Ukraina terma jamoasida bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlaydi. Ukraina aynan uning boshchiligida 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi.

Ma’lumot uchun, Petrakov bundan avval Ukraina U20 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Uning qo‘l ostida yoshlar terma jamoasi jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonladi.

Ukraina terma jamoasi Petrakov boshchiligidagi ilk uchrashuvini 1 sentyabr kuni Qozog‘istonga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!