Andrey Shipilov: Ba’zan futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi

  • 6 mart, 2020, 21:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” ilk tur o‘z maydonida 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. Biz ham Olmaliqda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan edik. Ikkala jamoa yaxshi kayfiyatda bugungi uchrashuvga etib kelishdi. Birinchi bo‘lim yaxshi o‘tdi, tartibli o‘yin namoyish etdik. Ikkinchi bo‘limda esa ustunlik to‘liq qo‘qonliklar tarafida bo‘ldi. Mehmonlar mag‘lubiyatga, biz ham balki g‘alabaga loyiq emasdik. Ammo bu futbol va ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi.

Tecno

Hisob 1:0 bo‘lib turgan paytda qulay imkoniyatga ega bo‘ldik, biroq foydalana olmadik. Qo‘qonliklarda ham ko‘plab vaziyatlar yuzaga keldi, standart vaziyatlar borasida ham to‘liq ustunlik ularda bo‘ldi”, – deya Shipilovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!