Andrey Shipilov: Keyingi bosqichdagi raqibimiz AGMK bo‘lishini aytgandim, adashmagan ekanman

  • 9 dekabr, 2020, 21:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” klubi O‘zbekiston kubogining 1/8 finalini Olmaliqda “Buxoro”ga qarshi o‘tkazib 2:0 hisobida g‘alaba qozongan holda chorak finalga chiqqandi.

Tecno

Qur’aga ko‘ra, bekobodliklar AGMK bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov sports.uz saytiga bu xususida shunday dedi:

- “Buxoro” bilan uchrashuvda ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozondik, darvozamizdan gol o‘tkazib yubormadik, hammasi zo‘r. Kuni kecha keyingi bosqichdagi raqibimiz AGMK bo‘lishini aytgandim, adashmagan ekanman. Bu yangilik emas, hammasi tushunarli. Biz raqib tanlamaymiz, barchasi o‘ziga yarasha jamoalar. Qizig‘i, “Buxoro”ga qarshi o‘yinni AGMKning maydonida o‘tkazgandik. Yana o‘sha stadionga qaytamiz, - deydi Shipilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
09/12/2020 21:43
Hammasi reja asosida, qura kelishib qo‘yilgan fenalda kimlar o‘ynashiyu kim g‘alaba qozonishigacha hammasi malum desang, qamalasanamda....