Angliya 1966 yildan beri JCh va YEChda g‘olib bo‘lmagan – bu inglizlarning yagona sovrini

  • 16.07.2026 03:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi so‘nggi 60 yil ichida jahon va Yevropa chempionatlarida g‘olib chiqa olmayapti.

JCh-2026 yarim finalida Tomas Tuxel boshqaruvidagi inglizlar Argentinga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Angliya 85- va 92-daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, finalga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.

Angliya terma jamoasining tarixidagi yagona yirik xalqaro sovrin 1966 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda inglizlar o‘z maydonida o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shundan beri Angliya JCh finaliga yana qaytib chiqa olmagan.

Yevropa chempionatlarida esa Angliya ikki marta ikkinchi o‘rinni egallagan – Yevro-2020 va Yevro-2024 musobaqalarida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!