
Angliya epladi, Ispaniyadan esa yana bir yorqin o‘yin
"Evro-2024"ning nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Angliya Slovakiyani, Ispaniya esa Gruziyani mag‘lub qilib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Garchi Angliya g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, jamoaning o‘yinini maqtab bo‘lmaydi. Slovakiya uchrashuv davomida 2 ta golli vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Bahsning 25-daqiqasida Strelets ajoyib pas bilan Shrantsni yaxshi imkoniyatga chiqarib yubordi va Ivan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. "Uch sherlar" esa so‘nggi daqiqalarda uyg‘onishdi. 90+5-daqiqada inglizlar burchak to‘piga ega chiqishdi. Ikkinchi qavatda Gei yutib chiqib, to‘pni Bellingemga o‘tkazib yubordi. Jud turnirdagi eng chiroyli gollardan birini urish bilan birgalikda, jamoasini sharmandali holatdan qutqarib qoldi. Ekstra taymlarning boshida Keyn boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Angliya g‘alabani ushlab qolib, chorak finalga yo‘l oldi. Sautgeyt shogirdlarini oldinda Shveytsariyaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Italiyani taslim qilgan shveytsariyaliklar nafaqat qiyinchilik tug‘dirishadi, balki yarim final uchun harakat qila olishadi. Agarda chorak finalda Angliya mag‘lubiyatga uchrasa, rahbariyat Garet bilan xayrlashadi.
Ispaniya - Gruziya uchrashuvi kutilmagan holat bilan boshlandi. 18-daqiqada Le Norman o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob ochildi. Shundan keyin "qizil furiya" jonlandi. Ketma-ket hujumlar, zarbalardan so‘ng Rodri taym so‘nggida imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda esa umuman gruziyaliklar o‘ziga o‘xshamadi, yoki De la Fuente shogirdlarini uyg‘otvoradigan gaplarni aytgan shekilli, jamoa turnirdagi eng yorqin taymlarini birini o‘tkazdi. Ruis 51-daqiqada Yamalning super pasidan keyin gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning chempionatdagi ikkinchi goli. Shundan keyin Uilyams qarshi hujumdan unumli foydalanib, Mamardvashvilini xafa qildi. Oradan ko‘p o‘tmay Olmo ham texnikasini namoyish qilib, farqni 3 taga oshirib qo‘ydi. Ispaniyaning keyingi raqibi bu Germaniyadir. Ikkala jamoa ham "Evro2024"da zo‘r ishtirok etmoqda. Shunday ekan ushbu bahs juda ham qiziqarli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun yana ikkita chorak finalchi aniqlanadi. Frantsiya Belgiya, Portugaliya esa Sloveniya bilan kurash olib boradi.
Fikrlar