Angliya klubi "Real" himoyachisini o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda

  • 07.11.2025 15:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger yaqin vaqt ichida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchiga Angliyadan taklif tushgan.  Unga sobiq jamoasi "Chelsi" qiziqish bildirgan. Shuningdek, nemis himoyachisiga Saudiya Arabistoni klublaridan ham takliflar bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Ryudiger 2022 yil yozidan buyon "qirollik" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalida futbolchining transfer qiymati 15 million evro etib baholangan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!