
Angliya liga kubogi. "Manchester Siti" penaltilar seriyasida "Lester"ni mag‘lub etdi
Kecha Angliya liga kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.
Hususan, Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” safarda “Lester” mehmoni bo‘ldi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha taymlari 1:1 hisobida durang bilan yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida esa omad “shaharliklar”ga kulib boqdi.
“Lester” – “Manchester Siti” 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 3:4
19 dekabr «King Pauer»
Gollar: 0:1 – 26 Bernardu Silva, 1:1 – 90, penalti Vardi.
“Lester” – Xeymer, Dragovich (Benaluan, 111), Maguayr, Fuks, Chiluell (Grey, 71), Olbrayton (Marez, 57), Amarti, Iborra, King, Ixeanacho (Vardi, 57), Okadzaki.
“Manchester Siti” – Bravo, Mangalya (Uoker, 81), Adarabioyo, Danilo, Foden (Dele-Bashiru, 90), Gyundogan, Zinchenko, Bernardu Silva, Ture, Braim Dias (Nmecha, 88), Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Ixeanacho (23), Gyundogan (61), Danilo (90), Uoker (96), Maguayr (105).
Fikrlar