
Angliya Premer ligasida kim g‘alaba qozonadi? Superkompyuter o‘z taxminlarini bildirdi
Superkompyuter Angliya Premer ligasining yangi mavsumida jamoalarning g‘alaba qozonish ehtimolini baholadi. “FiveThirtyEight” ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Siti" chempionlik uchun asosiy favorit hisoblanadi. Ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola shogirdlarining g‘alaba qozonish ehtimoli 57 foizga baholanmoqda.
APLning amaldagi chempionlarining asosiy raqibi o‘tgan mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlagan “Liverpul” hisoblanadi. Yurgen Klopp jamoasining oltin medallar uchun imkoniyati — 22%.
Top-3likni Londonning “Chelsi” klubi yakunlagan. “Aristokratlar”ning chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati 9 foiz deb ko‘rsatilgan. Keyingi o‘rinlardan "Tottenxem" (5%) va "Arsenal" (4%) joy olgan.
"Manchester Yunayted"ning oltin medallar uchun imkoniyati 1 foizdan kam baholangan va taxminlarga ko‘ra, klub sakkizinchi o‘rinni egallaydi.
Fikrlar