Angliya Premer-ligasining eng zo‘r dribling ustalari aniqlandi

  • 2 yanvar, 2024, 16:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbolida mahoratli o‘yinchilar ko‘p. Ekspertlar 2023 yil yakuniga ko‘ra, Premer-liganing birinchi qismida eng ko‘p dribling qo‘llagan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Mutaxassislar birinchi o‘ringa  “Manchester Siti”ning belgiyalik hujumkor futbolchisi Jeremi Dokuni loyiq topdi. Bu futbolchi uchrashuvlar davomida raqiblarini 44 marotaba dribling yordami aldab o‘tgan.

Keyingi pog‘onada “Vulverxempton” vakili Mateus Kunya qayd etildi. Braziliyalik futbolchi hisobida 42 ta muvaffaqiyatli dribling bor.

Kuchli uchlikni Premer-liga debyutanti Muhammad Qudus egalladi. “Vest Xem” hujumchisi raqib himoyachilarini 41 marta aldamchi harakatlari bilan ojiz qoldirgan.

Kuchli o‘nlikdan quyidagi futbolchilar ham o‘rin oldi: “Aston Villa”dan Jon Makginn, “Kristal Pelas”dan Jordan Ayyu va Eberechi Ez, “Brayton”dan Kaoru Mitoma, “Chelsi”dan Rahim Sterling, “Bernli”dan Luka Koleosho, “Nyukasl”dan Bruno Gimaraynsh.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!