Angliya Premier Ligasi birinchi turining eng yaxshi oʻyinchisi aniqlandi

  • 26.08.2026 18:37
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» jamoasi yarimhimoyachisi Koul Palmer Angliya premyer-ligasi yangi mavsumi birinchi turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqida chempionatning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

 

«Fulxem»ga qarshi safar uchrashuvida (3:2) 24 yoshli hujumkor yarimhimoyachi avvalo golli pas muallifi bo‘ldi, shundan so‘ng esa raqib darvozasini o‘zi ham ishg‘ol etdi. Musobaqaning rasmiy saytida o‘tkazilgan muxlislar ovoz berishida Palmer 40 foiz ovoz to‘pladi. Undan keyingi o‘rinni «Arsenal» yetakchilaridan biri Martin Edegor egalab, 22 foiz ovoz bilan ikkinchi bo‘ldi.

 

Premyer-liganing ikkinchi turida Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qiladi. Uchrashuv yakshanba, 30 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!