Angliya terma jamoasi darvozaboniga APLning ikki grandi qiziqish bildirmoqda

  • 13 aprel, 2022, 10:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari "Vest Bromvich" darvozaboni Sem Jonstonga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" va londonliklar darvozabonni yozda, uning klub bilan shartnomasi tugaydigan vaqtda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu tariqa Jonston erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tishi mumkin.

29 yoshli Jonston joriy mavsum "Vest Bromvich" safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yubordi. U “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!