
Angliya terma jamoasi futbolchilariga OAV bilan gaplashish ta’qiqlab qo‘yildi
Mashg‘ulotlar paytida Raxim Sterling va Jo Gomeslarning o‘zaro janjalidan so‘ng Angliya terma jamoasi futbolchilariga OAV bilan muloqot qilish ta’qiqlandi.
Angliya terma jamoasi rasmiy tvitterining xabar berishicha Sterling Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Chernogoriya terma jamoasiga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmaydi.
Bugun Sterling va Gomes birga mashg‘ulotlarda ishtirok etishgan. Shu bois u 17 noyabr kuni Kosovoga qarshi bo‘ladigan o‘yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sterling va Gomes janjali “Liverpul” va “Manchester Siti” bahsida boshlangan edi.
Fikrlar