
Angliya terma jamoasining eng zo‘r futbolchisi aniqlandi
Angliyalik futbol muxlislari 2023 yil yakunlari bo‘yicha milliy terma jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.
Unga ko‘ra, “Arsenal” hujumchisi Bukayo Saka Angliya terma jamoasining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq topildi.
So‘rovnomada Saka terma jamoadagi sheriklari – Jud Bellingem va Harri Keynni ortda qoldirdi.
Saka o‘tgan mavsumda terma jamoa safida o‘nta uchrashuvda 7 to‘p kiritdi.
Bukayo Saka Angliya terma jamoasida 2019 yildan beri o‘ynamoqda. 22 yoshli hujumchi hozirga qadar jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar