Angliya terma jamoasining sobiq murabbiyi xayrlashuv maktubini e’lon qildi

  • 21 avgust, 2024, 13:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" klubining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson xayrlashuv xatini yozdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq ya’ni yanvar oyida unga saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgan edi.

- Men yaxshi hayot kechirdim. Menimcha, biz hammamiz o‘ladigan kunimizdan qo‘rqamiz. Lekin hayot ham aslida bir o‘limdir. Biz buni normal va tabiiy yuz beradigan jarayon sifatida qabul qilishni o‘rganishimiz kerak.

Umid qilamanki, meni qo‘lidan kelgan barcha ishni sidqidildan bajarishga harakat qilgan yaxshi inson sifatida eslaysiz. Xafa bo‘lmang, doimo tabassum qiling. Hammasi uchun rahmat. Murabbiylar, futbolchilar, tomoshabinlar, ishoning bularining bari ajoyib bo‘ldi. O‘zingizga va hayotingizga har doim g‘amxo‘rlik qiling. Shunda ko‘p xolatlarda ancha yaxshi xayot kechirasiz. Barchangizga xayr...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!